Regulations on temporary and permanent registration of foreign citizens (Cabinet Resolution No. 593, 2020)

I3-54-band. 3-bob. Respublikaning boshqa hududlarida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro'yxatga olish tartibi — I3-54-band

Vasiylik va homiylikdagi hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) respublikaning boshqa hududlaridan kelgan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxs o'z vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi doimiy ro'yxatga olingan uy-joy maydoniga (Ro'yxatning 4-bandi) doimiy ro'yxatga olish uchun MvaFRBga mazkur Nizomning 50-bandida ko'rsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berishi to'g'risidagi arizasi (roziligi) yoxud shaxsan topshirish imkoni bo'lmaganda, notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi); vasiylik yoki homiylikni hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) tasdiqlovchi hujjatlar (nusxalari olinib, asli qaytariladi).
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.