Regulations on temporary and permanent registration of foreign citizens (Cabinet Resolution No. 593, 2020)

I3-25-band. 2-bob. Boshqa davlatlardan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga doimiy yashash uchun ruxsatnoma berish tartibi — I3-25-band

Vakolatli organ yigirma ish kunida ma'lumotlarni o'rganadi va tegishli tartibda elektron tizim orqali javob yuboradi, IIBB MvaFRB tegishli vakolatli organning ijobiy fikri olingan kundan boshlab o'n besh ish kunida O'zbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining (keyingi o'rinlarda — IIV MvaFRBB) asoslantirilgan javob xatini olish, chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsga doimiy yashash uchun identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish va doimiy ro'yxatga olish bo'yicha Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB boshlig'i o'rinbosari tomonidan imzolangan xulosani tayyorlaydi va tegishli hujjatlarni IIV MvaFRBBga nazorat tartibida ko'rib chiqish uchun elektron tizim orqali yuboradi, Ro'yxatning 8-bandi va Nizomning 21-bandi bundan mustasno. IIV MvaFRBB hujjatlarni o'rganish jarayonida ariza beruvchining shaxsini, boshqa davlat fuqaroligiga mansubligini aniqlash maqsadida xalqaro shartnoma mavjud bo'lgan xorijiy davlatning vakolatli organiga so'rovnoma yuborishi mumkin. Xalqaro shartnoma mavjud bo'lmagan taqdirda, so'rovnoma IIV tomonidan O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali yuboriladi. IIV MvaFRBB tegishli hujjatlar kelib tushgan (so'rovnomaga javob olingan) kundan boshlab o'n besh ish kunida chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsga doimiy yashash uchun identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish yoki rasmiylashtirishni rad etish yuzasidan asoslantirilgan javob xati IIV MvaFRBB boshlig'i yoki o'rinbosari tomonidan imzolanadi xamda hujjatlar IIBB MvaFRBga elektron tizim orqali yuboradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.