O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi PF-5611-son Farmonining 5-bandi va mazkur Farmonga 6-ilovaga muvofiq Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarga (Toshkent viloyatidan tashqari) boshqa davlatlardan kelgan va doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olinish huquqiga ega bo'lgan hamda ko'chmas mulk sotib olgan chet el fuqarolari (Ro'yxatning 11-bandi) doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun viloyat yoki shahar hududidagi MvaFRBga mazkur Nizomning 8-bandida ko'rsatilgan hujjatlardan tashqari uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berish to'g'risidagi arizasi (roziligi) yoxud shaxsan topshirish imkoni bo'lmaganda, notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi)ni taqdim etadi.
Ko'chmas mulk davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi ma'lumotlar MvaFRB tomonidan Kadastr agentligidan «Elektron hukumat» tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so'rab olinadi.
lex.uz’dagi asl matnI2-18¹-band. 2-bob. Boshqa davlatlardan viloyatga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga doimiy yashashga ruxsatnoma berish tartibi — I2-18¹-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.