Quyidagilar vaqtincha ro'yxatga olinishga tenglashtiriladi:
a) safarlarning turoperator va turagent tomonidan ichki ishlar organlariga turistlarning milliy pasporti yoki harakatlanish hujjati ma'lumotlari, harakatlanish yo'nalishlarining sxemalari, sayohat qilish vaqtida to'xtash (tunash) joylari ko'rsatilgan ro'yxatlari «E-mehmon» dasturi yordamida elektron shaklda taqdim etilganda;
b) safarlar turoperator va turagent tomonidan aholi punktlaridan tashqarida tashkil etiladigan tur doirasida ekskursiya rahbari, gid va/yoki yo'riqchi-boshlovchi hamrohligida, bunday tur yoki uning bir qismi 10 kundan oshmagan holda amalga oshirilganda;
v) safarlar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar tomonidan turoperator va turagentning avtoturini sotib olgan holda shaxsiy avtomobilda, mototsiklda, velosipedda, yayov yoki guruh tarkibida avtobusda amalga oshirilganda.
lex.uz’dagi asl matn24-band. 2-bob. Boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olish tartibi — 24-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.