Budget Code

99-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini tasdiqlash

(99-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонунига асосан иккинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Navbatdagi yil uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining loyihalari: Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga tegishli xulosani taqdim etishi uchun joriy yilning 20 sentyabriga qadar yuboriladi. O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining loyihalari bo'yicha xulosani joriy yilning 1 oktyabridan kechiktirmay taqdim etadi; Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan joriy yilning 10 oktyabridan kechiktirmay jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtiriladi; ularning jamoatchilik muhokamasi yakunlari bo'yicha kelib tushgan asoslangan takliflar va fikr-mulohazalar asosida qayta ko'rib chiqiladi hamda O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birgalikda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan joriy yilning 25 oktyabridan kechiktirmay tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga kiritiladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining loyihalari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining majlislarida O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasining mas'ul vakillari ishtirokida muhokama qilinadi. Davlat byudjeti to'g'risidagi Qonun rasmiy e'lon qilingandan so'ng Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan bir hafta ichida tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari to'g'risidagi qarorlar Davlat byudjeti to'g'risidagi Qonunga muvofiqlashtirilgan holda qabul qilinadi. Navbatdagi yil uchun tumanlar va shaharlar byudjetlarining loyihalari tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan: joriy yilning 10 oktyabridan kechiktirmay jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtiriladi; ularning jamoatchilik muhokamasi yakunlari bo'yicha kelib tushgan asoslangan takliflar va fikr-mulohazalar asosida qayta ko'rib chiqiladi hamda joriy yilning 1 noyabridan kechiktirmay tegishincha xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlariga kiritiladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari to'g'risida qarorlar qabul qilinganidan so'ng uch ish kuni ichida xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari ushbu qarorlarga muvofiqlashtirilgan holda tegishincha tumanlarning va shaharlarning byudjetlari to'g'risida qarorlar qabul qiladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlari to'g'risidagi tegishli qarorlar Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan ular qabul qilinganidan so'ng uch ish kuni ichida o'zlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.