Budget Code

89-modda. Byudjet buyurtmasi

(89-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Byudjet buyurtmasi byudjet tashkiloti, byudjet mablag'lari oluvchi va byudjet mablag'larini taqsimlovchi tomonidan tuziladi. Byudjet tashkiloti yoxud byudjet mablag'lari oluvchi tomonidan tuzilgan byudjet buyurtmasi tegishli byudjet mablag'larini taqsimlovchiga byudjet mablag'larini taqsimlovchi tomonidan belgilangan muddatda, biroq tegishli iqtisodiyot va moliya organi va davlat maqsadli jamg'armasini taqsimlovchi organga byudjet so'rovini taqdim etish muddatidan kechiktirmasdan taqdim etiladi. Byudjet buyurtmasida o'tgan va joriy yillar uchun hamda kelgusi uch yil uchun byudjet tizimi byudjetlarining mablag'lari hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlar byudjet tasnifiga muvofiq aks ettiriladi. Byudjet mablag'larini taqsimlovchi o'z tasarrufidagi byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'lari oluvchilarning byudjet buyurtmalari asosida jamlanma byudjet buyurtmasini tuzadi. Byudjet mablag'larini taqsimlovchining jamlanma byudjet buyurtmasi byudjet mablag'larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi bilan uzviy bog'liq holda tuziladi. Byudjet buyurtmasida xarajatlar hajmlarini o'tgan yillarga nisbatan ko'paytirishga faqat asoslovchi qonun hujjati bo'lgan taqdirda va mazkur ko'paytirish byudjet mablag'larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan hollarda yo'l qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.