Davlat byudjetining xarajat qismi quyidagilardan iborat:
ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash xarajatlari;
nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash xarajatlari;
iqtisodiyot xarajatlari;
markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, adliya va prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari;
sudlarni saqlab turish xarajatlari;
fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari;
boshqa xarajatlar.
Davlat byudjetining xarajat qismi tarkibida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg'armalari hisobga olinadi.
lex.uz’dagi asl matn69-modda. Davlat byudjeti xarajatlarining tarkibi
(69-модда биринчи қисмининг олтинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 29 декабрдаги ЎРҚ-454-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 01.01.2018 й., 03/18/454/0493-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.