Budget Code

63-modda. Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag'larini undiriladigan to'lovlar hisobidan shakllantirish

(63-модда биринчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 23 октябрдаги ЎРҚ-1091-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 24.10.2025 й., 03/25/1091/0969-сон)

Byudjet tashkilotlari tomonidan byudjetdan tashqari mablag'lar: o'quvchilar va tarbiyalanuvchilar davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida, umumta'lim maktablarining kuni uzaytirilgan guruhlarida, maktab-internatlarda, olimpiya zaxiralari kollejlarida va boshqa davlat ta'lim tashkilotlarida saqlab turilganligi uchun; o'quvchilar bolalar musiqa va san'at maktablari hamda davlat qo'shimcha ta'lim tashkilotlarida ta'lim olganligi uchun; oliy va o'rta maxsus, professional davlat ta'lim tashkilotlarida ta'lim olganlik uchun; statsionar davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotganlar tarkibi ovqatlanishi uchun; qonunchilikka muvofiq boshqa turdagi undiriladigan to'lovlar hisobidan shakllantiriladi. Undiriladigan to'lovlarning miqdorlari, ularni kiritish va ulardan foydalanish tartibi, shuningdek undiriladigan to'lovlar bo'yicha imtiyozlar qonunchilik bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.