Budget Code

52-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlarini shakllantirish

(52-модда биринчи қисми 1-бандининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari: 1) belgilangan normativlarga muvofiq: foyda solig'i; jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i (qonunchilikda belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan qaytarib berilgan daromad solig'i summasi chegirilgan holda); aktsiz solig'i; yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq (bundan qurilish materiallari bo'yicha yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq mustasno). 2) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 3) mol-mulk solig'i; 4) yer solig'i; 5) qurilish materiallari bo'yicha yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq; 6) aylanmadan olinadigan soliq; 7) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari; 8) avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) O'zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig'im; 9) boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlarga qonunchilikka muvofiq Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga yo'naltiriladigan, belgilangan normativlar bo'yicha davlat aktivlarini joylashtirishdan, foydalanishga berishdan va sotishdan olingan daromadlar, davlat bojlari, yig'imlar, tovon pullari va jarima sanktsiyalari, egasiz mol-mulkni, meros huquqi bo'yicha davlat ixtiyoriga o'tgan mol-mulkni, huquq bo'yicha davlat daromadiga o'tkazilishi lozim bo'lgan xazinalarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo'yicha dividendlar (daromadlar) va qonunchilikka muvofiq boshqa daromadlar kiradi. O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetiga tushadigan ayrim soliqlar va boshqa daromadlar Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjetiga, viloyatlarning viloyat byudjetlariga, Toshkent shahrining shahar byudjetiga qonunchilikda belgilangan miqdorlarda va tartibda taqsimlanishi mumkin. Soliqlar va boshqa daromadlar belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari, Toshkent shahrining shahar byudjeti hamda tumanlar va shaharlar byudjetlari o'rtasida qayta taqsimlanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.