Budget Code

46-modda. O'zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibi

(46-модда биринчи қисмининг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

O'zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibiga quyidagilar kiradi: Davlat byudjeti; davlat maqsadli jamg'armalarining byudjetlari; byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg'armalari mablag'lari; O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi mablag'lari; davlat tashqi qarzi hisobidan davlat dasturlariga xarajatlar. O'zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti mablag'lari hisobidan shakllantiriladigan, biroq uning tarkibiga kirmaydigan jamg'armalarni tashkil etishga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.