Budget Code

21-modda. Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifi

(21-модданинг олтинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifi daromadlarni ularning turlari va manbalari bo'yicha kodlashdan iborat bo'ladi. Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifi tuzilmasi quyidagilardan iborat: byudjet tizimi byudjetlari mablag'larining manbalari va darajalari tasnifi; daromadlarning turlari; tashkiliy tasnif; hududiy tasnif. Byudjet tizimi byudjetlari mablag'larining manbalari va darajalari tasnifi kelib tushayotgan daromadlarning tegishli mablag'lar manbalariga va ushbu byudjetlar darajalariga mansubligini aniqlash uchun qo'llaniladi. Daromadlarning turi bo'lim, paragraf va daromad tipidan iboratdir. Daromadlar bo'limi daromadlarni ularni olish manbalari bo'yicha kodlashdan iborat bo'ladi. Daromadlar paragrafi soliqlarni, yig'imlarni va davlat bojini, shuningdek soliq bo'lmagan to'lovlarni ularni undirish bazasi bo'yicha kodlashdan iborat bo'ladi. Daromad tipi byudjet tizimi byudjetlari daromadining aniq turidan iborat bo'ladi. Tashkiliy tasnif kelib tushayotgan daromadlarning ana shu daromadlarni ma'muriy jihatdan idora qiluvchi tegishli organga mansubligini identifikatsiyalash maqsadida qo'llaniladi. Hududiy tasnif kelib tushayotgan daromadlarning ushbu daromadlar shakllantirilayotgan yoxud o'tkazib berilayotgan tegishli ma'muriy-hududiy birlikka mansubligini identifikatsiyalash maqsadida qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.