Budget Code

187-modda. Byudjet intizomini buzish

(187-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-1141-сонли Қонунига асосан учинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.04.2026 й., 03/26/1141/0403-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 24 июль)

Quyidagilar byudjet intizomini buzishdir: Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg'armalari mablag'larini ularni olish (ulardan foydalanish) shartlariga muvofiq bo'lmagan maqsadlarga moliya yili davomida yo'naltirish; g'aznachilik bo'linmalarida ro'yxatdan o'tkazilmagan yoki ro'yxatdan o'tkazilishi rad qilingan, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish to'g'risida tuzilgan shartnomalarga, shuningdek ularga kiritilgan o'zgartirishlar va qo'shimchalarga asosan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qabul qilib olish; byudjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlari bo'yicha ijro etish navbatlariga rioya qilmaslik; mehnatga haq to'lash bo'yicha belgilangan razryadlarga, lavozim maoshlari, ustamalar, ish haqiga qo'shimchalar va boshqa to'lovlar miqdorlariga rioya etmasdan moliya yili davomida to'lovlarni amalga oshirish; byudjetdan moliyalashtiriladigan muassasalar va tashkilotlarga ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan boshqa xarajatlarni to'lash uchun pul mablag'lari berilishini, shuningdek pensiyalarni yetkazib berishni amalga oshiruvchi muassasalarga pul mablag'lari berilishini banklarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari tomonidan asossiz kechiktirish.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.