Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatlar quyidagilar ko'rsatilgan holda rasmiylashtiriladi:
rasmiylashtirilayotgan hujjatning turi;
tekshirish o'tkazilgan joy, hujjat tuzilgan sana;
davlat moliyaviy nazoratini o'tkazish uchun asos;
davlat moliyaviy nazoratining turi va uni o'tkazish davri;
davlat moliyaviy nazoratini o'tkazgan mansabdor shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi;
davlat moliyaviy nazorati ob'yektining to'liq nomi, nazorat bilan qamrab olingan davr uchun mas'ul mansabdor shaxslarning lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi ular egallab turgan lavozimlarida ishlagan davr albatta ko'rsatilgan holda;
davlat moliyaviy nazorati ob'yektining joylashgan yeri (pochta manzili), bank rekvizitlari;
oldingi taftish (tekshirish) natijalari yuzasidan ko'rilgan chora-tadbirlar haqidagi ma'lumotlar;
davlat moliyaviy nazorati bilan qamrab olingan davr hamda uni o'tkazish uchun davlat moliyaviy nazorati ob'yekti tomonidan taqdim etilgan hujjatlar haqidagi umumiy ma'lumotlar;
taftish (tekshirish) jarayonida aniqlangan qoidabuzarliklar faktlari, normalari buzilgan qonunchilik hujjatlari ko'rsatilgan holda.
Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatga davlat moliyaviy nazoratini o'tkazish uchun asos bo'lib xizmat qilgan hujjatlarning ko'chirma nusxalari, davlat moliyaviy nazorati doirasida harakatlarni bajarish to'g'risidagi bayonnomalar, inventarizatsiya dalolatnomalari, jalb etilgan ekspertlar va mutaxassislarning xulosalari, nazoratni o'tkazish jarayonida davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning so'roviga ko'ra olingan materiallar, shuningdek nazorat doirasida bajarilgan harakatlarni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar qo'shib qo'yilishi lozim.
Davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatga qonunchilik hujjatlari bilan, hujjatlar bilan yoki davlat moliyaviy nazorati ob'yekti faoliyatining davlat moliyaviy nazorati jarayonida amalga oshirilgan tartib-taomillar natijalari bilan tasdiqlanmagan turli xil xulosalarni, taxminlarni va faktlarni, tergov materiallaridan ma'lumotlarni va davlat moliyaviy nazorati ob'yekti mansabdor shaxslari tergov organlariga bergan ko'rsatuvlarga havolalarni kiritishga yo'l qo'yilmaydi.
Davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatda davlat moliyaviy nazorati ob'yektining mansabdor va moddiy javobgar shaxslari harakatlariga huquqiy baho berilmasligi, shuningdek ularning qilmishlari, niyatlari va maqsadlari tavsiflanmasligi lozim.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ma'lumotlar ma'lumotnoma (xulosa) rasmiylashtirilayotganda majburiy emas.
Davlat moliyaviy nazoratining natijalariga doir hujjatlar davlat moliyaviy nazoratini o'tkazgan mansabdor shaxslar, shuningdek davlat moliyaviy nazorati ob'yektining mansabdor va mas'ul shaxslari tomonidan imzolanadi.
Davlat moliyaviy nazorati ob'yektining mansabdor va mas'ul shaxslari davlat moliyaviy nazorati natijalariga rozi bo'lmagan taqdirda, hujjatni o'z e'tirozlari bilan imzolaydi hamda o'n kunlik muddat ichida e'tirozlarini davlat moliyaviy nazorat organiga yozma shaklda taqdim etadi.
Davlat moliyaviy nazorati ob'yekti tomonidan e'tirozlar o'n kunlik muddatda yozma shaklda taqdim etilmagan taqdirda, davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjat davlat moliyaviy nazorati ob'yekti tomonidan qabul qilingan deb hisoblanadi hamda davlat moliyaviy nazorat organi tomonidan uni amalga oshirish choralari ko'riladi.
Davlat moliyaviy nazorati ob'yekti sudga murojaat etgan taqdirda, o'zining sudga murojaat etganligini tasdiqlovchi hujjatni o'n kunlik muddatda davlat moliyaviy nazorat organiga taqdim etishi shart. Sud tomonidan davlat moliyaviy nazorati ob'yektining murojaati xususida qaror qabul qilinguniga qadar davlat moliyaviy nazorat organi davlat moliyaviy nazorati natijalari bo'yicha rasmiylashtirilgan hujjatning nizoli bandlarga tegishli qismi bo'yicha amalga oshirilishini to'xtatib turadi.
Davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatlarda bayon etilgan ma'lumotlarning ishonchliligi, xolisligi va to'liqligi davlat moliyaviy nazorat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan ta'minlanadi.
lex.uz’dagi asl matn184-modda. Davlat moliyaviy nazorati natijalarini rasmiylashtirish
(184-модда биринчи қисмининг ўн биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.