Budget Code

182-modda. Davlat moliyaviy nazoratini o'tkazish davriyligi va muddatlari

(182-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 17 мартдаги ЎРҚ-612-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 18.03.2020 й., 03/20/612/0326-сон)

Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazorati ushbu Kodeksning 170-moddasiga muvofiq tasdiqlangan davlat moliyaviy nazorati ob'yektlarini nazorat qilish rejasiga ko'ra yiliga ko'pi bilan bir marta amalga oshiriladi. Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish muddati o'ttiz kalendar kundan oshmasligi lozim. Zarur hollarda yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish muddati davlat moliyaviy nazoratini tayinlagan tegishli davlat moliyaviy nazorat organining rahbari yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan uzaytirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.