Budget Code

176-modda. G'aznachilik bo'linmalari tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati

G'aznachilik bo'linmalari davlat moliyaviy nazoratini: byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag'lari oluvchilarning tovarlarni yetkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar ko'rsatuvchilar) bilan Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlari mablag'lari hisobiga tuzilgan shartnomalarini xarajatlar smetalarida ko'rsatilgan summalar doirasida hamda belgilangan maqsadlarga muvofiq tuzilganligi ustidan nazorat qilish asosida majburiy ro'yxatdan o'tkazish; xarajatlar smetalarida va ro'yxatdan o'tkazilgan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'lari oluvchilar nomidan hamda ularning topshirig'i bo'yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilarning hisobvaraqlariga to'lovlarni bevosita amalga oshirish orqali to'lov intizomiga rioya etilishini ta'minlash yo'li bilan amalga oshiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.