Budget Code

169-modda. O'zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjetining ijrosi to'g'risidagi yillik hisobotni, shuningdek Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi hisobotlarni ko'rib chiqish hamda tasdiqlash

(169-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Davlat byudjetining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: O'zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjetining ijrosi to'g'risidagi yillik hisobotni hamda zarur materiallarni hisobot yilidan keyingi yilning 15 mayidan kechiktirmay O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birga; Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining birinchi chorakdagi, yarim yillik va to'qqiz oylik ijrosi to'g'risidagi hisobotlarni hamda zarur materiallarni O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tezkor xulosasi bilan birga, ushbu tezkor xulosa olingan kundan e'tiboran ikki kun ichida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan O'zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjetining ijrosi to'g'risidagi yillik hisobot, Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining birinchi chorakdagi, yarim yillik, to'qqiz oylik ijrosi to'g'risidagi hisobotlar O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraktsiyalarida va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qo'mitalarida dastlabki tarzda muhokama qilinadi. Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi masalalarni ko'rib chiqish davomida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraktsiyalari va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qo'mitalari Davlat byudjeti daromad qismining ijrosi, ajratilgan mablag'larning o'zlashtirilish holati to'g'risida tegishli organlardan qo'shimcha axborotni, shuningdek ularning maqsadli sarflanishi hamda ulardan samarali foydalanilishi haqidagi ma'lumotlarni talab qilib olishi mumkin. Bunda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraktsiyalari joylarda byudjet mablag'larining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi masalalarini O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining tegishli qo'mitalari tomonidan o'rganish tashabbusi bilan chiqishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjetining ijrosi to'g'risidagi yillik hisobot, shuningdek Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi yarim yillik hisobot dastlabki tarzda muhokama qilinganidan keyin O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida ko'rib chiqiladi. Uni ko'rib chiqish vaqtida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraktsiyalarining fikrlari va takliflari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi mas'ul qo'mitasining xulosasi eshitiladi, muhokama o'tkaziladi hamda hisobot O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori bilan tasdiqlanadi. Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining birinchi chorakdagi va to'qqiz oylik ijrosi to'g'risidagi hisobotlar O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi mas'ul qo'mitasining majlisida ko'rib chiqiladi hamda uning qarori bilan tasdiqlanadi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qo'mitalari O'zbekiston Respublikasi Soliq qo'mitasining, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo'mitasining hamda O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Davlat byudjeti daromadlari prognozining bajarilishi to'g'risidagi hisobotlarini har chorak yakunlari bo'yicha eshitib boradi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilarning va davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlarning o'zlariga ajratilgan byudjet mablag'laridan va byudjetdan tashqari mablag'lardan samarali foydalanilishi, shuningdek erishilgan natijalar to'g'risidagi hisobotlarini eshitish huquqiga ega. O'zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti ijrosi to'g'risidagi yillik, shuningdek Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining birinchi chorakdagi, yarim yillik va to'qqiz oylik ijrosi to'g'risidagi hisobotlar tegishincha O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining mas'ul qo'mitasi tomonidan tasdiqlanganidan keyin uch ish kuni ichida tegishli hisobotlarga doir axborot O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.