O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O'zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti ijrosi to'g'risidagi yillik hisobotni O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga tashqi audit o'tkazish va baholash uchun hisobot yilidan keyingi yilning 5 martiga qadar yuboradi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg'armalari ijrosi to'g'risidagi, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakldagi yillik hisobotni tashqi audit o'tkazish va baholash uchun O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga hisobot yilidan keyingi yilning 5 martiga qadar yuboradi.
O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasi:
O'zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti ijrosi to'g'risidagi yillik hisobotga doir xulosani hisobot yilidan keyingi yilning 10 mayidan kechiktirmay O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboradi;
Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg'armalari ijrosi to'g'risidagi yillik hisobotga doir tegishli xulosalarni hisobot yilidan keyingi yilning 10 mayidan kechiktirmay Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklariga yuboradi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga O'zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti ijrosi to'g'risidagi yillik hisobotni O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birgalikda hisobot yilidan keyingi yilning 15 mayidan kechiktirmay taqdim etadi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimliklar Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg'armalari ijrosi to'g'risidagi yillik hisobotlarni O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birgalikda tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga 15 mayidan kechiktirmay taqdim etadi.
Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi yillik hisobotlarning tashqi auditi va ularni baholash natijalari yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosalari majburiy ravishda e'lon qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn167-modda. Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi yillik hisobotning tashqi auditi hamda uni baholash
(167-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.