Budget Code

166-modda. Davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi hisobot

(166-модда биринчи қисмининг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi yillik hisobot quyidagilarni o'z ichiga oladi: davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlari ijrosining balansini; davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining daromadlari va xarajatlari ijrosi to'g'risidagi hisobotni; davlat maqsadli jamg'armalarining debitorlik va kreditorlik qarzlari to'g'risidagi ma'lumotlarini; davlat maqsadli jamg'armalari nomoliyaviy aktivlarining harakati to'g'risidagi hisobotni; davlat maqsadli jamg'armalarining chet el valyutasidagi pul mablag'lari harakati to'g'risidagi hisobotni; davlat maqsadli jamg'armalari bo'yicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi to'g'risidagi hisobotni. Davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi choraklik hisobot quyidagilarni o'z ichiga oladi: davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining daromadlari va xarajatlari ijrosi to'g'risidagi hisobotni; davlat maqsadli jamg'armalarining chet el valyutasidagi pul mablag'lari harakati to'g'risidagi hisobotni. Davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlar har oyda O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tahliliy maqsadlar uchun davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlari daromadlari va xarajatlarining ijrosi to'g'risidagi hisobotlarni taqdim etadi. Davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi hisobotlarni tuzish, tasdiqlash va taqdim etish tartibi O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlar O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga: davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi choraklik hisobotni hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasiga qadar; davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 10 fevraliga qadar taqdim etadi. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga: davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi choraklik hisobotni hisobot davridan keyingi ikkinchi oyning 10-sanasiga qadar; davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 1 martiga qadar taqdim etadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.