Budget Code

137-modda. Dotatsiya

(137-модда учинчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-660-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 31.12.2020 й., 03/20/660/1682-сон)

Yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga dotatsiya quyi turuvchi byudjet xarajatlarining rejalashtirilgan hajmi subventsiyalar va o'tkazib beriladigan daromadlar hisobga olingan holda mazkur byudjet daromadlarining prognoz qilingan hajmidan oshib ketgan taqdirda ajratiladi. O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan davlat maqsadli jamg'armalarining byudjetlariga dotatsiya jamg'armalar xarajatlarining rejalashtirilgan hajmi yil boshidagi qoldiq hisobga olingan holda jamg'armalar daromadlarining prognoz qilingan hajmidan oshib ketgan taqdirda ajratilishi mumkin. Dotatsiyaning miqdori: O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan quyi turuvchi byudjetlarga va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlariga ajratilganda — Davlat byudjeti to'g'risidagi qonun loyihasi qabul qilinayotganda; Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga ajratilganda — Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari to'g'risidagi qarorlar qabul qilinayotganda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.