Budget Code

122-modda. Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'lari oluvchilar tomonidan yuridik majburiyatlarni qabul qilish, ularni ro'yxatdan o'tkazish hamda hisobga olish

(122-модда ўнинчи қисмининг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Yuridik majburiyatlar iqtisodiy tasnif kodlari bo'yicha byudjetdan ajratiladigan mablag'lar doirasida byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'lari oluvchilar tomonidan qabul qilinadi hamda g'aznachilik bo'linmalari tomonidan ro'yxatdan o'tkaziladi. Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg'armalari hisobidan ijro etilishi lozim bo'lgan yuridik majburiyatlar g'aznachilik bo'linmalari tomonidan hisobga olinadi. Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'lari oluvchilarning byudjetdan ajratiladigan mablag'lar bo'yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar bilan tuzgan shartnomalari, shuningdek ularga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar ular g'aznachilik bo'linmalarida ro'yxatdan o'tkazilganidan keyin kuchga kiradi. Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'lari oluvchilar yuridik majburiyatlar yuzaga kelishini tasdiqlovchi hujjatlarni g'aznachilik bo'linmalarida ro'yxatdan o'tkazish uchun joriy moliya yilining 25 dekabridan kechiktirmay taqdim etadi. Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'lari oluvchilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish to'g'risida tuziladigan shartnomalarida 15 foiz miqdorida oldindan to'lovni amalga oshirish nazarda tutiladi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hollar bundan mustasno. Byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag'lari oluvchilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qilish bo'yicha shartnomalari, ularga kiritilgan o'zgartish va qo'shimchalar ushbu shartnomalar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda vakolatli organlarda tegishli ekspertizadan o'tganidan va hisobga qo'yilganidan so'ng g'aznachilik bo'linmalari tomonidan ro'yxatdan o'tkaziladi. Bunda shartnomalarda ko'rsatilgan summalar g'aznachilik bo'linmalari tomonidan O'zbekiston Respublikasining milliy valyutasida hisobga olinadi. Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'lari oluvchilarning birinchi hamda ikkinchi guruh xarajatlari bo'yicha yuridik majburiyatlari g'aznachilik bo'linmalari tomonidan buyurtmalar shaklida ro'yxatdan o'tkaziladi. Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'lari oluvchilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar bilan shartnomalari joriy moliya yili doirasida amal qilish muddati bilan tuzilishi lozim, kapital qo'yilmalar bo'yicha shartnomalar hamda qonunchilikda nazarda tutilgan amal qilish muddati bir necha yilni tashkil etishi mumkin bo'lgan hollar bundan mustasno. Shartnomaning amal qilish muddati tugagach, agar shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish to'g'risida qo'shimcha bitim tuzilmagan bo'lsa, yetkazib beruvchi (pudratchi) tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish bo'yicha yuridik majburiyatlarni bajarish tugatiladi. Byudjetdan ajratiladigan mablag'lar asosida belgilangan yuridik majburiyatlarni qabul qilish uchun limit birinchi navbatda tegishli moddalar bo'yicha moliya yili boshida mavjud bo'lgan, byudjetdan ajratiladigan mablag'lar hisobidan to'lanishi lozim bo'lgan va g'aznachilik bo'linmalarida ro'yxatdan o'tkazilgan shartnomalar bo'yicha yuzaga kelgan kreditorlik qarzi summasiga band qilib qo'yiladi. Mablag'larni: byudjet tashkilotining iqtisod qilingan byudjetdan ajratiladigan mablag'lari hisobidan o'z byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg'armasiga, shuningdek tibbiyot muassasasi tomonidan — xarajatlar smetasida nazarda tutilgan maqsadli byudjetdan ajratiladigan mablag'lari hisobidan o'zining tibbiyot tashkilotlarini moddiy rag'batlantirish va rivojlantirish jamg'armasiga; har bir ob'yekt bo'yicha kelishilgan manzilli va titul ro'yxatlarda hamda shaxsiy g'azna hisobvaraqlarida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan summalar doirasida kapital qo'yilmalar bo'yicha buyurtmachi xizmatini saqlab turishga; soliqlarni, yig'imlarni, davlat bojlarini va soliq bo'lmagan to'lovlarni, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining xizmatlari uchun haq to'lashga; yuridik majburiyatlar mavjudligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladigan xarajatlarni to'lashga o'tkazish shartnoma tuzilmagan holda amalga oshirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.