Budget Code

109-modda. Umumiy qoidalar

(109-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi byudjet to'g'risidagi qonunchilikda belgilangan byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining tushishini ta'minlash va xarajatlarini amalga oshirishni, shuningdek ularning ijrosi bilan bog'liq operatsiyalarni hisobga olishni nazarda tutadi. O'zbekiston Respublikasi respublika byudjetining, davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining ijrosi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ta'minlanadi. Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining ijrosi Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan ta'minlanadi. Byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari jamg'armalarining ijrosi byudjet tashkilotlari tomonidan ta'minlanadi. Byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan g'azna ijrosi yo'li bilan amalga oshiriladi. G'azna ijrosi faoliyatni chet elda amalga oshirayotgan byudjet tashkilotlariga va byudjet mablag'lari oluvchilarga tatbiq etilmaydi. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida byudjet tizimi byudjetlari, byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'lari oluvchilar uchun shaxsiy g'azna hisobvaraqlari ochiladi. Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'lari oluvchilar o'z xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag'larni moliya yili tugaguniga qadar sarflashga haqli. Mamlakatda mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni ta'minlash, ichki tartibni saqlash bilan bog'liq xarajatlar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.