Budget Code

107-modda. Xarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini ro'yxatdan o'tkazish tartibi

(107-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Tashkilotlarning ushbu Kodeksda belgilangan tartibda kelgusi moliya yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetalari va shtat jadvallari ular iqtisodiyot va moliya organlarida ro'yxatdan o'tkazilganidan keyin amalga kiritiladi. Joriy yilning 25 dekabrigacha: byudjet mablag'larini taqsimlovchilarning tasdiqlangan jamlanma xarajatlar smetalari va jamlanma shtat jadvallari, shuningdek xarajatlar smetalari va shtat jadvallari — O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida; Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarning tasdiqlangan xarajatlar smetalari va shtat jadvallari — Qoraqalpog'iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalarida; tumanlar va shaharlar byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarning tasdiqlangan xarajatlar smetalari va shtat jadvallari — tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya bo'limlarida ro'yxatdan o'tkazilishi kerak. Tashkilotlarning O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg'armasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining tumanlar va shaharlar byudjetining zaxira jamg'armalari, shuningdek tegishli byudjetning qo'shimcha manbalari mablag'lari hisobidan xarajatlari tegishli iqtisodiyot va moliya organi tomonidan ro'yxatdan o'tkazilgan xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi. Xarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini ro'yxatdan o'tkazishdan oldin iqtisodiyot va moliya organlari: byudjet tashkilotlari xodimlarining xarajatlar smetalari bo'yicha tasdiqlangan ish haqi summalarining shtat jadvallari bo'yicha tasdiqlangan ish haqiga muvofiqligini; shtat jadvalida nazarda tutilgan lavozimlar nomlarining va xodimlar sonining, mehnatga haq to'lash razryadlarining, bazaviy miqdorlarining belgilangan normativlarga muvofiqligini; Byudjet tashkilotlari xodimlarini moddiy rag'batlantirish maxsus jamg'armasining to'g'ri shakllantirilganligini; umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional davlat ta'lim tashkilotlarining direktor jamg'armasi to'g'ri shakllantirilganligini; xarajatlar smetasida tasdiqlangan stipendiyalar uchun xarajatlar summasining xarajatlar smetasiga doir hisob-kitoblarga muvofiqligini; to'rtinchi guruhning moddalar bo'yicha yoyilmasidagi xarajatlar summasining xarajatlar smetasida tasdiqlangan summaga muvofiqligini tekshiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.