Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg'armalari bo'yicha daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzish hamda tasdiqlash byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalari uchun belgilangan tartibga o'xshash tartibda amalga oshiriladi.
Vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari jamg'armalari bo'yicha jamlanma daromadlar va xarajatlar smetalari ushbu Kodeksning 107-moddasida xarajatlar smetalari uchun belgilangan muddatlarda va tartibda O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida ro'yxatdan o'tkazilishi lozim.
Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg'armalari bo'yicha daromadlar va xarajatlar smetasining daromad qismi moliya yili boshidagi mablag'lar qoldig'i hamda daromadlarning manbalar kesimidagi prognozidan tashkil topadi.
Qonunchilikka muvofiq byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg'armalari hisobidan xodimlar soni saqlab turilgan taqdirda, byudjetdan tashqari jamg'armalar bo'yicha daromadlar va xarajatlar smetasiga ko'rsatilgan xodimlar soni bo'yicha ro'yxatdan o'tkazilishi lozim bo'lgan shtat jadvali ilova qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn105-modda. Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg'armalari bo'yicha daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzish, tasdiqlash hamda ro'yxatdan o'tkazish
(105-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.