«Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida»gi qonun

27-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ijtimoiy yordam olishga bo'lgan huquqi kafolatlari

(27-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Ijtimoiy yordam uni olish huquqiga ega bo'lgan har bir bolaga tayinlanadi. Ijtimoiy yordam ko'rsatish miqdori, shartlari va tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. Davlat organlari ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan har bir bolaga, bolalarning joylashtirilishi shaklidan qat'i nazar, moddiy va boshqa sharoitlarni ta'minlaydi. Davlat ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilgan homiylik dasturlarini qonunchilikka muvofiq rag'batlantiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.