Har bir bola turar joyli bo'lish huquqiga ega. Mazkur huquq qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Turar joy mulkdorining yoki turar joyni ijaraga oluvchining oila a'zolari bo'lgan bolalar ular qayerda bo'lishlaridan qat'i nazar, turar joy mulkdori yoki turar joyni ijaraga oluvchisi egallab turgan turar joyga nisbatan huquqqa ega bo'ladi.
Tarbiya, davolash muassasalari va boshqa muassasalarda, qarindoshlari, vasiylari yoki homiylari qaramog'ida bo'lgan yetim bolalar, ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar turar joyga bo'lgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqini saqlab qoladi.
Vasiylik yoki homiylik belgilangan bolaning mulkida yoki foydalanishida bo'lgan turar joyni o'zga shaxsga o'tkazish uchun vasiylik yoki homiylik organining roziligi talab qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn«Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida»gi qonun
19-modda. Bolaning turar joyga bo'lgan huquqlari kafolatlari
(19-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.