Har bir bolaga uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxslarining g'ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.
Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uning ota-onasi, ota-onasining o'rnini bosuvchi shaxslar, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa vasiylik va homiylik organi, prokuror, sud tomonidan amalga oshiriladi.
Voyaga yetguncha qonunga muvofiq to'la muomalaga layoqatli deb e'tirof etilgan (emansipatsiya) bola o'z huquqlarini, shu jumladan himoyaga bo'lgan huquqini mustaqil amalga oshirishga hamda majburiyatlarini mustaqil bajarishga haqlidir.
Bola ota-ona va ota-onaning o'rnini bosuvchi shaxslar tomonidan qilinadigan suiiste'molliklardan himoyalanish huquqiga ega.
Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganda, shu jumladan ota-ona (ulardan biri) yoki ota-onaning o'rnini bosuvchi shaxslar bolaga ta'minot, tarbiya va ta'lim berish bo'yicha majburiyatlarini bajarmaganda yoki lozim darajada bajarmaganda yoxud ota-onalik huquqlarini suiiste'mol qilganda bola o'z huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini so'rab vasiylik va homiylik organiga, shuningdek boshqa davlat organlariga mustaqil ravishda murojaat qilishga haqli. Bunday murojaatlarni bola to'liq muomala layoqatiga ega bo'lmaganligi sababli ko'rib chiqmasdan qoldirishga yo'l qo'yilmaydi.
Bolaning hayoti yoki sog'lig'iga xavf tug'ilganidan, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligidan xabardor bo'lgan shaxslar bu haqda bola haqiqatda turgan joydagi vasiylik va homiylik organiga ma'lum qilishlari shart. Shunday ma'lumotlar olingan taqdirda, vasiylik va homiylik organi bolaning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha zarur choralar ko'rishi shart.
lex.uz’dagi asl matn«Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida»gi qonun
11-modda. Bolaning himoyaga bo'lgan huquqi kafolatlari
(11-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 10 мартдаги ЎРҚ-608-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 11.03.2020 й., 03/20/608/0278-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.