Customs Code

98-modda. Bojxona ombori bojxona rejimini tugallash

Bojxona ombori bojxona rejimida turish muddati tugaydigan kundan kechiktirmay tovar boshqa bojxona rejimiga joylashtirish uchun ma'lum qilinishi kerak, bundan vaqtincha saqlash bojxona rejimi mustasno. Boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan kundan e'tiboran uch ish kuni ichida tovar bojxona omboridan olib chiqilishi kerak. Ilgari vaqtincha olib kirish yoki bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida turgan tovarni undan keyinchalik bojxona hududida ushbu bojxona rejimiga muvofiq foydalanish maqsadida bojxona omboridan olib chiqishda vaqtincha olib kirish yoki bojxona hududida qayta ishlash muddatining o'tishi tiklanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.