Customs Code

81-modda. Qayta ishlash mahsulotlariga, qoldiqlarga va chiqindilarga nisbatan bojxona to'lovlarini hamda iqtisodiy siyosat choralarini qo'llash

Olib chiqiladigan qayta ishlash mahsuloti, qoldiqlar va chiqindilar bojxona bojlari va soliqlar to'lashdan, shuningdek iqtisodiy siyosat choralari qo'llashdan ozod etiladi, bundan ushbu Kodeksning 82-moddasida nazarda tutilgan taqiqlar va cheklovlar mustasno. Qayta ishlash mahsulotlarini erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirishda bojxona bojlari va soliqlar qayta ishlash uchun olib kirilgan tovarlarning bojxona qiymatidan va (yoki) qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasiga muvofiq ishlatilgan sonidan hamda tovar erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan kuni amalda bo'lgan, ularga nisbatan qo'llaniladigan bojxona to'lovlarining stavkalaridan kelib chiqqan holda to'lanadi. Qayta ishlash mahsulotlari ularning chiqish normalarida belgilanganidan kam miqdorda olib chiqilgan taqdirda, bunday farqqa nisbatan ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan tartibda bojxona to'lovlari to'lanadi. Tovarlarning qayta ishlash chiqindilari erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan taqdirda ular bojxona hududiga shu holatda olib kirilganidagi kabi bojxona to'lovlari to'lanishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.