Tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasi ikki yil muddatga beriladi.
Tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasini olgan shaxs ushbu Kodeksning 80-moddasiga muvofiq mazkur ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashidan avvalroq bojxona rejimini tugallash huquqiga ega.
Bir muncha uzoq davom etadigan qayta ishlash jarayoni talab qilinadigan ayrim toifadagi tovarlarga nisbatan tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasining amal qilish muddati vakolatli shaxsning arizasiga ko'ra bojxona organi tomonidan ikki yildan ko'proq muddatga uzaytirilishi mumkin.
Ayni bir tovarlarni ayni bir xil sharoitlarda bojxona hududida qayta ishlash bo'yicha muntazam operatsiyalar amalga oshirilayotganda, shaxsning arizasiga ko'ra unga tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasi so'ralgan muddatga, lekin besh yildan ko'p bo'lmagan muddatga berilishi mumkin.
Tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasining amal qilish muddati va qayta ishlash muddati tovar bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan kundan e'tiboran, tovar alohida turkumlar bilan olib kirilganda esa, tovarning birinchi turkumi bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan kundan e'tiboran boshlanadi.
Tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasining amal qilish muddatini uzaytirish to'g'risidagi ariza bojxona organiga ushbu ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashiga kamida bir oy qolganda berilishi kerak. Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish ruxsatnomani olish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasining amal qilish muddatini uzaytirish to'g'risida ariza berilganligi ruxsatnomada ko'rsatilgan tovarni qayta ishlash muddatini uzib qo'ymaydi yoki to'xtatib turmaydi.
Tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasining amal qilish muddatini uzaytirish rad etilgan taqdirda, bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar ushbu Kodeksning 80-moddasiga muvofiq boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi ma'lum qilinishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn75-modda. Tovarni bojxona hududida qayta ishlash muddati
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.