Ekvivalent kompensatsiyaga, ya'ni olib chiqilgan tovardan olingan qayta ishlash mahsulotlarini boshqa ekvivalent chet el tovari bilan almashtirishga, agar bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash operatsiyasi tovarni ta'mirlashdan iborat bo'lsa, tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash ruxsatnomasi asosida, shuningdek boshqa hollarda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida yo'l qo'yiladi.
Bojxona maqsadlari uchun ekvivalent chet el tovari deganda olib chiqilgan tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash natijasida olingan qayta ishlash mahsulotiga o'z tavsifi, sifati va texnik xususiyatlari bo'yicha mos keluvchi chet el tovari tushuniladi.
Ekvivalent chet el tovari olib kirilayotganda ushbu bob qoidalariga muvofiq unga olib chiqilgan tovarning qayta ishlash mahsuloti sifatida qaraladi.
Ekvivalent kompensatsiya chog'ida ekvivalent chet el tovarini olib kirishga tovar qayta ishlash uchun bojxona hududidan olib chiqilguniga qadar yo'l qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn49-modda. Qayta ishlash mahsulotining ekvivalent kompensatsiyasi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.