Customs Code

42-modda. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimi

Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimi shunday rejimki, bunda O'zbekiston tovarlari bojxona hududidan tashqariga qayta ishlash va ularning qayta ishlash mahsulotlarini keyinchalik bojxona hududiga olib kirish maqsadida olib chiqiladi. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga muvofiq olib chiqilayotgan tovarga nisbatan bojxona bojlari va soliqlar to'lanishidan shartli ozod etish qo'llaniladi. Bu tovarga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari qo'llanilmaydi, bundan ushbu Kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan taqiqlar va cheklovlar mustasno. Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish bojxona organining tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun ushbu Kodeks 21-bobining qoidalariga muvofiq beriladigan ruxsatnomasi asosida amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.