Customs Code

409⁶-modda. Shikoyatni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha qaror chiqarish

Bojxona organi shikoyatlarni ko'rib chiqish uchun apellyatsiya komissiyasini tashkil etadi. Apellyatsiya komissiyasining tarkibi va shikoyatni ko'rib chiqish tartibi O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi tomonidan belgilanadi. Apellyatsiya komissiyasi shikoyatni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: shikoyatni qanoatlantirmasdan qoldirish to'g'risida; ustidan shikoyat qilingan qarorga o'zgartirishlar kiritish haqida; qarorni bekor qilish va, zarur hollarda, yangi qaror qabul qilish to'g'risida; bojxona organlari mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb e'tirof etish va ishning mohiyati bo'yicha qaror chiqarish haqida. Apellyatsiya komissiyasining qarori shikoyat bergan shaxsga uch kun ichida yozma shaklda yuboriladi yoki topshiriladi, ko'chirma nusxasi esa tegishli bojxona organiga yuboriladi. Apellyatsiya komissiyasining ushbu Kodeksda belgilangan asosda va tartibda chiqarilgan qarori bojxona organlari tomonidan ijro etilishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.