Customs Code

409⁴-modda. Shikoyatni ko'rib chiqishni rad etish

Bojxona organi quyidagi hollarda shikoyatni ko'rib chiqishni rad etadi: shikoyat ushbu Kodeksda belgilangan shikoyat berish muddati tugaganidan keyin berilganda va uni tiklash to'g'risidagi iltimosnoma mavjud bo'lmaganda; shikoyat ushbu Kodeksning 409³-moddasida belgilangan talablarga mos bo'lmaganda; shikoyat bergan shaxsdan shikoyatni to'liq yoki qisman chaqirib olish to'g'risidagi ariza shikoyat bo'yicha qaror qabul qilinguniga qadar kelib tushganda; shikoyat bunga vakolatli bo'lmagan shaxs tomonidan berilganda; ilgari aynan o'sha asoslar bo'yicha shikoyat berilganda; shikoyat qo'zg'atilgan jinoyat ishi doirasida yoki sudga berilganda. Shikoyatni ko'rib chiqayotgan bojxona organi shikoyat olingan yoxud shikoyatni to'liq yoki qisman chaqirib olish to'g'risidagi ariza olingan kundan e'tiboran besh kun ichida shikoyatni to'liq yoki qisman ko'rmasdan qoldirish haqida qaror qabul qiladi. Qabul qilingan qaror to'g'risida shikoyat bergan shaxsga qaror qabul qilingan kundan e'tiboran uch kun ichida yozma shaklda xabar qilinadi. Ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda, bojxona organining shikoyatni ko'rib chiqishni rad etishi shaxsning ushbu Kodeksning 409²-moddasida belgilangan muddat doirasida takroran shikoyat berish yoki sudga murojaat qilish huquqini istisno etmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.