O'zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari bunday vakolatxonalar va muassasalar tomonidan rasmiy foydalanish uchun mo'ljallangan tovarlarni (avtotransport vositalari bundan mustasno) bojxona chegarasi orqali olib o'tishning belgilangan tartibiga rioya qilgan, bojxona to'lovlari to'lanishidan ozod etilgan holda O'zbekiston Respublikasiga olib kiradi va O'zbekiston Respublikasidan olib chiqadi, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvini o'tkazganlik uchun bojxona yig'imlari mustasno.
lex.uz’dagi asl matn404-modda. O'zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari uchun bojxona imtiyozlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.