Customs Code

40-modda. Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovardan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish huquqlarini boshqa shaxsga o'tkazish

(40-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 1 февралдаги ЎРҚ-748-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 02.02.2022 й., 03/22/748/0086-сон — 2022 йил 3 майдан кучга киради)

Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovardan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish huquqini O'zbekiston Respublikasining boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsiga yoxud vakolatli davlat organlarida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaxsga o'tkazishga vaqtincha olib chiqish bojxona rejimi tugaguniga qadar yo'l qo'yiladi. Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovardan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish huquqi O'zbekiston Respublikasining boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsiga yoxud vakolatli davlat organlarida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaxsga ushbu tovarni amalda bojxona organiga taqdim etmagan holda mazkur shaxs tomonidan taqdim qilingan vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirish uchun bojxona yuk deklaratsiyasini bojxona organi qabul qilgan paytdan e'tiboran o'tkazilgan hisoblanadi. Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovardan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish huquqining ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq O'zbekiston Respublikasining boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsiga yoxud vakolatli davlat organlarida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaxsga o'tkazilishi ushbu Kodeksning 39-moddasida belgilangan vaqtincha olib chiqish muddatini o'zgartirmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.