Customs Code

398-modda. Chet davlatlarning konsullik muassasalari va ularning xodimlari uchun bojxona imtiyozlari

Chet davlatning konsullik muassasalariga va konsullik muassasalarining mansabdor shaxslariga, shuningdek ularning oila a'zolariga chet davlatning diplomatik vakolatxonalari hamda diplomatik vakolatxonalarining diplomatik agentlari uchun ushbu bobda nazarda tutilgan bojxona imtiyozlari beriladi. Chet davlat konsullik muassasasining boshqa xodimlariga (konsullik xizmatchilariga, xizmat ko'rsatuvchi xodimlarga), shuningdek ularning O'zbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan oila a'zolariga nisbatan har bir chet davlat bilan tuzilgan maxsus kelishuv asosida va shu davlat bilan munosabatlardagi o'zaro hamjihatlik printsipidan kelib chiqqan holda chet davlat diplomatik vakolatxonasining tegishli xodimlariga (ma'muriy-texnik xodimlari va xizmat ko'rsatuvchi xodimlariga) ushbu bobda beriladigan bojxona imtiyozlari tatbiq etilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.