Customs Code

390-modda. Intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlar buzilganligining belgilari bo'lgan tovarlarni chiqarib yuborishni to'xtatib turish

(390-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 27 февралдаги ЎРҚ-913-сонли Қонунига асосан тўртинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.02.2024 й., 03/24/913/0158-сон — 2024 йил 28 майдан кучга киради)

Intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlar buzilganligining belgilari bo'lgan tovarlarni chiqarib yuborishni to'xtatib turish ushbu Kodeksning 385 va 388-moddalarida nazarda tutilgan shartlarga rioya etgan holda bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi. Intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlar buzilganligining belgilari bo'lgan tovarlarni chiqarib yuborishni to'xtatib turish huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining sud organlariga murojaat qilishi va sudning ishni sudda ko'rish tayinlanganligi to'g'risidagi ajrimini bojxona organlariga taqdim etish maqsadida amalga oshiriladi. Bojxona organi deklarantni va huquq egasini yoki uning vakolatli vakilini tovarlarni chiqarib yuborishni to'xtatib turish sabablari va muddatlari to'g'risida zudlik bilan xabardor qiladi. Huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tovarlarni chiqarib yuborishni to'xtatib turish natijasida deklarantga yetkazilgan zarar uchun, agar sud intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquq buzilganligi to'g'risida qaror chiqarmasa, belgilangan tartibda javobgar bo'ladi. Intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarning buzilganligi belgilari mavjud bo'lgan tovarlarni chiqarib yuborish o'n ish kuniga qadar to'xtatib turilgan taqdirda, bojxona organining shaxsiy g'azna hisobvarag'iga kiritilgan pul mablag'larining o'ttiz foizi O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo'mitasining maxsus jamg'armasiga o'tkaziladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.