Customs Code

387-modda. Intellektual mulk ob'yektlarining bojxona reyestrini yuritish

(387-модда учинчи қисмининг олтинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 5 октябрдаги ЎРҚ-640-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 05.10.2020 й., 03/20/640/1348-сон)

Intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarni himoya qilish bo'yicha choralar qo'llanilishi to'g'risida qaror qabul qilingan intellektual mulk ob'yektlari O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi tomonidan Intellektual mulk ob'yektlarining bojxona reyestriga kiritiladi. O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi Intellektual mulk ob'yektlarining bojxona reyestrini yuritadi va keyinchalik uni doimiy ravishda yangilab borgan holda o'z rasmiy veb-saytida vaqti-vaqti bilan e'lon qiladi. Intellektual mulk ob'yektlari quyidagi hollarda Intellektual mulk ob'yektlarining bojxona reyestridan chiqarilishi kerak: huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining reyestrdan chiqarilish to'g'risidagi murojaatiga ko'ra; ushbu Kodeksning 385-moddasida ko'rsatilgan hujjatlardagi noto'g'ri ma'lumotlar bojxona organi tomonidan aniqlanganda; intellektual mulk ob'yektining huquqiy muhofazasi belgilangan tartibda tugatilganda; intellektual mulk ob'yekti Intellektual mulk ob'yektlarining bojxona reyestriga kiritilgan kundan e'tiboran uch yil o'tgach; O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Apellyatsiya kengashining qarori asosida. O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi huquq egasini yoki uning vakolatli vakilini intellektual mulk ob'yektlari Intellektual mulk ob'yektlarining bojxona reyestridan chiqarilganligi to'g'risida uch ish kuni ichida yozma shaklda xabardor qiladi. Intellektual mulk ob'yektlarining bojxona reyestrini yuritish tartibi va shakli O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.