Bojxona organlari olib kirilayotgan yoki olib chiqilayotgan tovarlarning bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonida Intellektual mulk ob'yektlarining bojxona reyestriga kiritilgan intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlar buzilganligi belgilarini aniqlagan taqdirda:
huquq egasini bu haqda bir ish kuni ichida xabardor qiladi;
xabardor qilingan sanadan e'tiboran bir ish kuni ichida huquq egasidan ariza kelib tushgan taqdirda — ularning huquqlarini himoya qilish bo'yicha ushbu Kodeksning 382-moddasiga muvofiq choralar ko'radi;
huquq egalaridan ariza bojxona organlariga kelib tushmagan taqdirda — tovarni ushbu Kodeksga muvofiq chiqarib yuborishni amalga oshiradi.
Intellektual mulk ob'yektlarining bojxona reyestriga kiritilgan intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarning buzilganligi belgilari tovarlarning bojxona nazorati shakllari qo'llanilgan holdagi bojxona rasmiylashtiruvi chog'idagi xavfni boshqarish tizimi natijalariga ko'ra aniqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn382¹-modda. Intellektual mulk ob'yektlarining bojxona reyestriga kiritilgan intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarni himoya qilish bo'yicha bojxona organlarining harakatlari
(382¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 27 февралдаги ЎРҚ-913-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.02.2024 й., 03/24/913/0158-сон — 2024 йил 28 майдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.