Customs Code

373-modda. Tovarlarni tasniflash bo'yicha dastlabki qarorni o'zgartirish, qaytarib olish yoki bekor qilish

Bojxona organlari tovarlarni tasniflash bo'yicha dastlabki qarorni o'zgartirish, qaytarib olish yoki bekor qilish to'g'risida qaror qabul qilishi mumkin. Tovarlarni tasniflash bo'yicha dastlabki qarorni o'zgartirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi: O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi o'zgartirilganda; dastlabki qarorni qabul qilishda yo'l qo'yilgan kamchiliklar va xatolar aniqlanganda. Tovarlarni tasniflash bo'yicha dastlabki qarorning o'zgarishi shu qarorda ko'rsatilgan muddatda kuchga kiradi. Tovarlarni tasniflash bo'yicha dastlabki qarorning shartlariga amal qilinmagan taqdirda u qaytarib olinadi. Tovarlarni tasniflash bo'yicha dastlabki qarorni qaytarib olish to'g'risidagi qaror tovarlarni tasniflash bo'yicha dastlabki qarorning o'zgarishi e'lon qilinganidan keyin uch ish kunidan kechiktirmay qabul qilinishi kerak va bir vaqtda kuchga kiradi. Agar tovarlarni tasniflash bo'yicha dastlabki qaror arizachi tomonidan taqdim etilgan to'liq bo'lmagan yoki noto'g'ri ma'lumotlar asosida qabul qilingan bo'lsa, bunday qaror bekor qilinadi. Tovarlarni tasniflash bo'yicha dastlabki qarorni bekor qilish to'g'risidagi qaror dastlabki qaror qabul qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi. Tovarlarni tasniflash bo'yicha dastlabki qarorni o'zgartirish, qaytarib olish yoki bekor qilish to'g'risidagi qaror dastlabki qaror berilgan shaxsga qaror qabul qilingan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay yozma shaklda yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.