Customs Code

366-modda. Tovarni kelib chiqishi to'g'risidagi sertifikat mavjud bo'lmagan taqdirda chiqarib yuborish

(366-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 27 ноябрдаги ЎРҚ-1097-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.11.2025 й., 03/25/1097/1099-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 28 февраль)

Tovarning kelib chiqishi to'g'risidagi sertifikatning taqdim etilmaganligi tovarni chiqarib yuborishni rad etish uchun asos bo'lmaydi. Tovarning kelib chiqishi to'g'risidagi sertifikat mavjud bo'lmaganda yoki ushbu sertifikatning va (yoki) unda ko'rsatilgan ma'lumotlarning to'g'riligiga shubha tug'ilganda tovarga nisbatan ushbu Kodeksning 300¹-moddasida belgilangan qo'shimcha bojxona boji qo'llaniladi, bundan ushbu Kodeksning 365-moddasida nazarda tutilgan hol mustasno. Tovarlar bojxona to'lovlari to'lanishini nazarda tutuvchi bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan e'tiboran bir yildan kechiktirmay bojxona organiga lozim darajada rasmiylashtirilgan kelib chiqish to'g'risidagi sertifikat taqdim etilgan taqdirda tovarlarga eng ko'p qulaylik berish rejimi yoki erkin savdo rejimi qo'llanilishi yoki qayta tiklanishi mumkin. Bunday holda bojxona to'lovlarining to'langan summalarini qaytarish ushbu Kodeksning 49-bobiga muvofiq amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.