Bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha qarzdorlikni to'lovchining mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan pul mablag'lari hisobidan undirish uning hisobvaraqlarida bojxona organining inkasso topshiriqnomasi qo'yilgan paytdan e'tiboran olti oydan ko'proq muddatda pul mablag'lari bo'lmagan taqdirda qo'llaniladi.
Bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha qarzdorlikni to'lash hisobiga undiruvni mol-mulkka qaratish bojxona organining da'vo arizasiga asosan sud tartibida amalga oshiriladi, bundan undiruvni bojxona organiga garov narsasi sifatida berilgan mol-mulkka qaratish bojxona organi va garovga qo'yuvchi o'rtasidagi shartnoma shartlariga qarab amalga oshiriladigan hollar mustasno.
lex.uz’dagi asl matn352-modda. Bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha qarzdorlikni to'lovchining mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan pul mablag'lari hisobidan undirish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.