Customs Code

350-modda. Bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha qarzdorlikni undirish

To'lovchi tomonidan e'tiroz mavjud bo'lgan, qo'shib hisoblangan bojxona to'lovlarini undirish sudning bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha qarzdorlikni undirish to'g'risidagi qonuniy kuchga kirgan qarori asosida amalga oshiriladi. Jismoniy shaxslardan bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha qarzdorlikni undirish sud tartibida amalga oshiriladi, bundan yakka tartibdagi tadbirkorlar mustasno. To'lovchi bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha qarzdorlikni to'lashni bojxona organiga yozma yoki elektron shaklda xabar yuborib, quyidagi hollarda olti oy davomida teng ulushlarda amalga oshirishga haqli: bojxona to'lovlari qo'shib hisoblanganda, agar to'lovchi bojxona organining qaroriga rozi bo'lsa — bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha qarzdorlikni to'lash to'g'risidagi talabnoma olingan kundan e'tiboran; to'lovchining tashabbusi bilan bojxona to'lovlari qo'shib hisoblanganda — tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona to'lovlariga tuzatishlar kiritish shakli rasmiylashtirilgan kundan e'tiboran. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, bojxona to'lovlari to'lanmagan tovarlarga nisbatan undiruvni qaratish bojxona to'lovlarini to'lash to'g'risidagi talabnomani yubormasdan yoki bunday yuborishga qadar amalga oshirilishi mumkin. Bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha qarzdorlikni, shuningdek penyani to'lash to'lovchi tomonidan bojxona organining shaxsiy g'azna hisobvaraqlarida turgan dastlabki pul mablag'lari yoxud ortiqcha to'langan yoki undirilgan bojxona to'lovlari hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.