Customs Code

349-modda. Bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha qarzdorlik o'z vaqtida to'lanmaganligi uchun penya

(349-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 27 февралдаги ЎРҚ-913-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.02.2024 й., 03/24/913/0158-сон — 2024 йил 28 майдан кучга киради)

Bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha qarzdorlik o'z vaqtida to'lanmaganligi uchun to'lovchi tomonidan penya to'lanadi. Penya, bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha qarzdorlik summasini istisno etganda, uni undirish bo'yicha majburiy choralar, shuningdek bojxona to'g'risidagi qonunchilikni buzganlik uchun boshqa javobgarlik choralari qo'llanilishidan qat'i nazar, to'lanadi. To'lovchining penyani to'lash bo'yicha majburiyati bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha qarzdorlik yuzaga kelgan kundan e'tiboran paydo bo'ladi hamda bojxona to'lovlari va penyani to'lash bo'yicha qarzdorlik amalda to'langan kunda tugatiladi. Penyaning foiz stavkasi uni to'lash bo'yicha majburiyat bajarilmagan har bir kalendar kun uchun bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha qarzdorlik summasining shu paytda amalda bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasining uch yuzdan biriga teng miqdorida hisoblanadi. Penyaning umumiy summasi bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha qarzdorlikning miqdoridan oshmasligi kerak. Penyani to'lash, undirish va qaytarish ushbu Kodeksning 46, 48 va 49-boblarida bojxona to'lovlarini to'lash va qaytarish hamda bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha qarzdorlikni undirishga nisbatan nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.