Customs Code

345-modda. Bojxona to'lovlari to'lanishini ta'minlash sifatida sug'urta majburiyatini qo'llash

(345-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Bojxona to'lovlari to'lanishini ta'minlash sifatida to'lovchining fuqarolik javobgarligini sug'urtalash shartnomasiga ko'ra sug'urtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi sug'urta polisi qo'llanilishi mumkin. Sug'urta polisi bilan tasdiqlanadigan bojxona to'lovlari to'lanishini ta'minlash summasining miqdori to'lanishi lozim bo'lgan bojxona to'lovlarining va foizlarning summasidan kam bo'lmasligi kerak. Sug'urta polisi bilan ta'minlangan majburiyat to'lovchi tomonidan bajarilmagan taqdirda bojxona to'lovlarining summasi va foizlar sug'urta polisini bergan sug'urtalovchidan bojxona organi tomonidan so'zsiz tartibda qonunchilikka muvofiq undirib olinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.