Customs Code

338-modda. Nazorat qilinishi bojxona organlarining zimmasiga yuklatilgan faoliyatni amalga oshirishda bojxona to'lovlari to'lanishini ta'minlashning miqdori

(338-модданинг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 27 февралдаги ЎРҚ-913-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.02.2024 й., 03/24/913/0158-сон — 2024 йил 28 майдан кучга киради)

Nazorat qilinishi bojxona organlariga yuklatilgan faoliyatni amalga oshirish uchun bojxona to'lovlari to'lanishini ta'minlash quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi: agar bojxona ombori yoki erkin ombor sifatida ochiq maydoncha ma'lum qilinayotgan bo'lsa, bir kvadrat metr maydon uchun bazaviy hisoblash miqdorining o'n besh baravari miqdorida yoki agar bojxona ombori yoxud erkin ombor sifatida bino ma'lum qilinayotgan bo'lsa, binoning bir kub metr hajmi uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida, lekin bazaviy hisoblash miqdorining olti ming baravaridan kam bo'lmagan summasi miqdorida — bojxona ombori yoki erkin ombor egalari uchun; bazaviy hisoblash miqdorining o'n ming baravari miqdorida — boj olinmaydigan savdo do'konlarining egalari uchun; bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming baravari miqdorida — bojxona tashuvchisi uchun.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.