Customs Code

333-modda. Bojxona to'lovlarini kechiktirib yoki bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati berilganda ularning summalarini to'lash muddatlari

Bojxona to'lovlarini kechiktirib yoki bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati berilganda to'lovchi tomonidan ularning summalarini to'lash: kechiktirib to'lash imkoniyati berilganda — kechiktirib to'lash muddati tugaydigan kundan kechiktirmay; bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati berilganda — bojxona organi tomonidan to'lovchi bilan birgalikda tasdiqlangan jadval bo'yicha bo'lib-bo'lib to'lanadigan summalarni kiritishning kelishib olingan kunlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi. Kechiktirib yoki bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati berilgan bojxona to'lovlarining summalari to'lovchi tomonidan o'z vaqtida to'lanmagan taqdirda, bojxona organlari bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha qarzdorlikning butun summasini ushbu Kodeksning 47 va 48-boblarida nazarda tutilgan tartibda depozit, tovarlar garovi, bank kafolati, sug'urta polisi yoki kafillik bilan ta'minlangan pul mablag'lari hisobidan undirib olish choralarini ko'radi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.