Customs Code

33-modda. Tovarni reeksport bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari

Tovar yoki uni qayta ishlash mahsuloti bojxona organi identifikatsiya qila oladigan taqdirdagina tovar reeksport qilinishiga yo'l qo'yiladi, bundan ushbu Kodeks 74-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Avariya yoki yengib bo'lmas kuch ta'siri oqibatida shikastlangan yoki buzilgan tovarning reeksportiga yo'l qo'yiladi, bunday holat vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan bo'lishi lozim. Ilgari erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni reeksport bojxona rejimiga joylashtirishga ayni bir vaqtning o'zida quyidagi talablar va shartlarga rioya etilgan taqdirda yo'l qo'yiladi: kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlari bajarilmagan bo'lsa; tovar bojxona hududida ishlatilmagan va ta'mirlanmagan bo'lsa, bundan tovarni qaytarishga sabab bo'lgan nuqsonlarni yoki boshqa holatlarni aniqlash uchun tovardan foydalanish zarur bo'lgan hollar mustasno; tovar o'zgarmagan holatda turgan bo'lsa, bundan uning nuqsonlari aniqlangan hollar mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.