Customs Code

325-modda. Tovarlar bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib o'tilganda yoxud belgilangan talab va shartlar boshqacha tarzda buzilganda bojxona to'lovlarini hisoblab chiqarish

Tovarlar bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib o'tilganda yoxud ushbu Kodeksda belgilangan talablar va shartlar boshqacha tarzda buzilganda to'lanishi lozim bo'lgan bojxona to'lovlari: belgilangan talablar va shartlar buzilgan holda bojxona hududiga olib kirilgan va bojxona to'lovlari to'lanmagan tovarlarga nisbatan — bojxona chegarasini kesib o'tish kuni amalda bo'lgan stavkalar, agar bunday kunni aniqlashning imkoni bo'lmasa — shunday tovarlar aniqlangan kuni amalda bo'lgan stavkalar bo'yicha; noqonuniy olib chiqilgan tovarlarga nisbatan — bojxona chegarasini kesib o'tish kuni amalda bo'lgan stavkalar, agar bunday kunni aniqlash imkoni bo'lmasa — shunday faktlar aniqlangan kuni amalda bo'lgan stavkalar bo'yicha; tranzit bojxona rejimida olib o'tilayotgan yoki bojxona nazorati ostida saqlanayotganda yo'qotilgan, yetkazib berilmagan yoki bojxona organi bilan kelishilmagan holda berib yuborilgan tovarlarga nisbatan — tovarlar tegishli bojxona rejimiga joylashtirilgan kuni amalda bo'lgan stavkalar bo'yicha; shartli chiqarib yuborilgan va bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha imtiyozlar berilgan maqsadlardan boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan tovarlarga nisbatan — bojxona organi tomonidan bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kuni amalda bo'lgan stavkalar bo'yicha hisoblab chiqariladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.