Tovarning bojxona qiymati bojxona qiymati deklaratsiyasini to'ldirgan holda tovarlarni deklaratsiyalashda deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan bojxona organiga ma'lum qilinadi.
Bojxona qiymati deklaratsiyasi bojxona yuk deklaratsiyasining ajralmas qismi bo'lib, tovarning bojxona qiymati to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatilgan va deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasi bilan bir paytda topshiriladigan hujjat hisoblanadi.
Bojxona qiymati deklaratsiyasining shakli va uni to'ldirish tartibi O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi tomonidan belgilanadi.
Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan ma'lum qilinadigan tovarning bojxona qiymati va uni aniqlashga taalluqli taqdim etiladigan ma'lumotlar to'g'ri, miqdoriy jihatdan aniqlash mumkin bo'lgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotga asoslanishi kerak.
Deklarant yoki bojxona brokeri deklaratsiyalanadigan tovarning bojxona qiymati ma'lum qilinguniga qadar aniqlangan tovar turkumining tovarning yo'qolishi, kamomadi, shikastlanishi hajmlariga mos birlikka keltirilgan bojxona qiymatini ma'lum qilish huquqiga ega. Tovarning yo'qolishi, kamomadi, shikastlanishi fakti ekspertiza xulosasi va bojxona ko'zdan kechiruvi dalolatnomasi bilan tasdiqlangan bo'lishi kerak.
Bojxona qiymati deklaratsiyasi bojxona to'lovlarini to'lashni nazarda tutuvchi bojxona rejimlari ma'lum qilinganda bojxona chegarasi orqali olib o'tiladigan barcha tovarlar uchun to'ldiriladi, bundan ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Bojxona qiymati deklaratsiyasi quyidagi hollarda to'ldirilmaydi va bojxona qiymati bojxona yuk deklaratsiyasida ma'lum qilinadi, agar:
bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlar turkumining bojxona qiymati bir ming AQSh dollariga teng ekvivalent summadan oshmasa, bundan bitta kontrakt (shartnoma, kelishuv) doirasida bir necha marta tovar yetkazib berish, shuningdek turli kontraktlar (shartnomalar, kelishuvlar) bo'yicha ayni o'sha tovarni bir jo'natuvchi tomonidan ayni o'sha bitta oluvchining manziliga takror-takror yetkazib berish mustasno;
olib o'tiladigan tovarlar bojxona to'lovlarini to'lashdan ozod etilgan bo'lsa;
tovarlar bojxona tranziti, vaqtincha saqlash, bojxona ombori, yo'q qilish, davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimlariga joylashtirilgan bo'lsa.
lex.uz’dagi asl matn318-modda. Tovarning bojxona qiymatini ma'lum qilish
(318-модданинг еттинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 27 февралдаги ЎРҚ-913-сонли Қонунига асосан тўртинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.02.2024 й., 03/24/913/0158-сон — 2024 йил 28 майдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.